Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh stol tennischilarimiz Batumi shahrida muvaffaqiyat qozondi
07:59 / 2023-09-22

Gruziyaning Batumi shahrida stol tennisi bo‘yicha o‘tgan musobaqada O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belgiya, Gollandiya, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tailand, Turkiya, Polsha, Birlashgan Arab Amirliklari va Ukrainadan kelgan yosh tennischilar ishtirok etdi.

Turnirning mikst bahslarida Shohruh Iskandarov qozog‘istonlik Aynaz Adilgereyeva bilan tandem hosil qilib, 19 yoshgacha (U-19) bo‘lgan yigit-qizlar orasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishning 15 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasida Xurshid Ahmedov va Arujan Kamalova barcha raqiblarini yengib, oltin medal bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun: “Youth Contender” turnirining yakkalik bahslarida Eleonora Shiriyeva 11 yoshgacha (U-11) toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Arujan Kamalova 15 yoshgacha bo‘lgan tennischilar orasida bronza, 13 yoshli qizlar o‘rtasida esa kumush medali bilan taqdirlangan. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA