Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh sportchimiz xalqaro turnirda g‘oliblikka erishdi
17:55 / 2026-02-14

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida “Karate One” premer liga musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

93 ta mamlakatning 2 ming 200 nafardan ziyod yosh karate WKF ustalari qatnashayotgan xalqaro turnirning – 61 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Suhrob Sa’dullayev saralash bellashuvlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. 

Oltin medal uchun kechgan murakkab jangda u iordaniyalik Muhammad Al Nadjarni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va “Karate One” premer ligasi g‘olibiga aylandi.

-76 kilogramm vaznda tatamiga chiqqan yana bir yosh karatechimiz Asilbek Qobilov saralash musobaqalarida raqiblarini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Finalda turkiyalik Keles Osman Burak bilan ro‘baro‘ keldi. Shiddatli kechgan kurashda hakamlar Turkiya vakili 9:4 ko‘rinishida ustunlikka erishganini qayd etdi. Bu, Qobilovning kumush medal bilan kifoyalanishiga olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, 15-fevralga qadar davom etadigan “Karate One” premer liga bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 16 nafar a’zosi o‘z vazn toifalarida ishtirok etmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA