Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh sportchilarimiz MMA bo‘yicha Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshladi
11:08 / 2023-12-11

Bahraynning Manama shahrida aralash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi 12-13, 14-15 yosh toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Aniqrog‘i, 12-13 yosh toifasining  44 kilogrammgacha vaznida Hurshid Qodirov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Muhammadsafo Ho‘jamiyarov 37 kg vaznda bronza medaliga ega bo‘ldi. 14-15 yosh toifasida Marvarid Komilova kumush medal bilan taqdirlandi.  

Shuningdek, mazkur natija tufayli terma jamoamiz ushbu yosh toifalarida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.  

Ma’lumot uchun, bugun, 11 dekabr kuni 16-17 yosh toifasida 2 nafar vakilimiz oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, oldinda 20 yoshgacha va undan kattalar o‘rtasidagi bahslar bizni kutmoqda.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA