Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh sportchilarimiz jahon chempionatiga jo‘nab ketdi
12:50 / 2021-08-27

Ertaga Chexiya poytaxti Pragada suv polosi bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionati boshlanadi.

Mazkur chempionatda 18 ta davlat to‘rtta guruhga bo‘lingan holatda bahslarga kirishadi. Mamlakatimiz sportchilari “A” guruhida Italiya, Xorvatiya, Rossiya va Argentina jamoalari bilan keyingi bosqichga chiqish uchun bahslashadi.

O‘zbekiston terma jamoasi ilk o‘yinni ertaga 28 avgust kuni rossiyalik tengdoshlariga qarshi o‘tkazadi. 29 avgustda Argentina bilan bellashsa, 30 va 31 avgust kunlari esa Italiya va Xorvatiya terma jamoasi bilan g‘oliblik uchun kurashadi.

O‘z guruhida eng yaxshi natijaga erishgan jamoalar chempionat musobaqalarining keyingi bosqichlarida qatnashadi.

Bugun suv polosi bo‘yicha 15 nafar sportchi va murabbiylardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Chexiya davlatiga jo‘nab ketdi. Jahon chempionatining sovrindorlari 5 sentyabr kuni aniqlanadi.

 

 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA