Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh sportchilarga sovg‘alar topshirildi
13:33 / 2024-11-02

Yosh sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni yuqori marralar sari ruhlantirish maqsadida Sirdaryo viloyatidagi 13 ta sport maktabi, 4 ta ixtisoslashgan sport maktabida shug‘ullanayotgan hamda Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tahsil olayotgan sportchi - o‘quvchi o‘g‘il-qizlarga davlatimiz rahbarining sovg‘asi — 2899 dona sport libosi Sport vazirligi tomonidan topshirildi.

Tantanali marosimda ishtirok etganlar tomonidan Prezident tashabbusi bilan Respublikamizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi Sirdaryoda ham muhtasham sport inshootlari bunyod etilayotgani, ular zamonaviy jihozlar bilan jihozlanayotgani, eng asosiysi, bolalar sportini rivojlantirish borasida muhim qadamlar tashlanayotgani qayd etildi.

—Davlatimiz rahbarining biz sportchi yoshlarga bo‘lgan e’tibori tufayli o‘z ustimizda ishlab, nasib qilsa, chempion akalarimiz va opalarimiz singari xalqaro maydonlarda, jahon arenalarida yurtimizning sharafini himoya qilib, boyrog‘imizni yanada balandlarga ko‘tarmoqchimiz. Bu bir mening emas,  Sirdaryoda  sport turlari bilan shug‘ullanayotgan barcha o‘g‘il-qizlarning orzusi, — deydi Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchi - o‘quvchisi Ozoda Musurmonova.  

Aytish lozimki, yosh sportchilarga davlat darajasidagi bu  e’tibor sportchi yoshlarning yanada faol bo‘lishiga va yaqin yillarda ular orasidan nafaqat O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionlari yetishib chiqishiga muhim omil bo‘ladi.  

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri