Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh sportchilarga bayram sovg‘alari topshirildi
10:46 / 2025-12-30

Yangi yil bayrami arafasida Andijon viloyatidagi sport ta’lim muassasalari o‘quvchilari – yosh sportchilarga O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan taqdim etilgan sport kiyimlari topshirildi.

Yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida maxsus sport kiyimini topshirishga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olganlar tomonidan mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yosh sportchilarning o‘z iqtidor va imkoniyatlarini to‘laqonli namoyon etishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratib berilayotganligi ta’kidlandi. 

Tadbirlarda sport ta’lim muassasalarining 10 ming 65 nafar o‘quvchisiga sport kiyimlari (sport epikrovka, futbolka-shortik) topshirildi.

Yosh sportchilarga maxsus formalar berilishi ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish bilan birga, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

F. Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari