Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh sportchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionatida bellashdi
15:48 / 2023-03-30

FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi 1-sport maktabida 2006-2007 yillarda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda barcha shahar va tumanlardan jami 100 nafarga yaqin yosh sportchi ishtirok etdi. Ular belgilangan masofaga yugurish va uzunlikka sakrash bo‘yicha o‘zaro bellashdi.  

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Chingiz Norboyev, Jonibek Nurabullayev, Kenjaboy Bayramov, Maqsud Quvonchboyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida Intizor Tilepbergenova, Oyzoda Sharofatdinova, Shahnoza Jumaboyeva, Ramila Navro‘zboyeva, Sarvinaz Sattarova yuqori natija ko‘rsatdi.  

[gallery-11202]

Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA