Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shoirdan yangi to‘plam tuhfasi
10:21 / 2023-03-15

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yosh ijodkor Baraka Boqiyning «Chang» nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2022 yilda «Akademnashr»da chop etilgan ushbu to‘plamdan «Umid», «E’tiqod», «Masofa», «Ko‘ngil qo‘shig‘i» kabi qator she’rlar o‘rin olgan.  

[gallery-10980]

– Kitobda hayotning achchiq va go‘zal haqiqatlari aks etgan, – dedi yozuvchi Ma’mura Zohidova. – Unda jam bo‘lgan she’rlarni o‘qir ekansiz, har bir misradagi shoir kechinmalari qalbimizdagi haqiqatlar ekanligiga guvoh bo‘lamiz.  

Taqdimotda muallifning ijodiy qobiliyati, to‘plamning mazmun-mohiyati haqida fikrlar bildirildi. Shoir she’rlaridan namunalar o‘qildi. Xonandalar Shuhrat Daryo, Nurali Shukurullayev ijrosida Baraka Boqiy she’riga bastalangan qo‘shiqlar tinglandi. 

Tadbir ishtirokchilariga kitob ulashildi.  

 

O‘zA