Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchimiz Peruda blits yo‘nalishida jahon chempionligiga erishdi
11:25 / 2025-09-29

Peru poytaxti Lima shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlarida jahon chempionati yakunlandi.

Chempionatning blits yo‘nalishida terma jamoamiz a’zosi Muhiddin Madaminov 13 ta tur davomidagi bahslar sarhisobiga ko‘ra, 13 ochko jamg‘arib jahon chempionligiga erishdi.  

Chempionatning ushbu yo‘nalishida dona surgan Muhammadzohid Suyarov 10 ochko bilan 3-o‘rinni, Humoyun Bekmuratov 9 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 4-o‘rinni egalladi.  

Blits musobaqalarining xotin-qizlar bahsida qatnashgan mahoratli shaxmatchi qizlarimizdan Umida Omonova 9,5 ochko bilan ikkinchi, Madinabonu Xalilova 8 ochko bilan oltinchi, Afruza Hamdamova 7 ochko bilan 38 nafar ishtirokchi orasida o‘n uchinchi pog‘onaga egalik qildi.  

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz shaxmatchi yoshlari chempionatning rapid yo‘nalishida ham yuqori natijalarni qayd etgandi. Xususan, Muhammadzohid Suyarov 7,5 ochko jamg‘arib, g‘oliblikni tantana qildi. Muhiddin Madaminov 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Rapid musobaqalarining ayollar bahsida Afruza Hamdamova 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchi qizlar orasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.  

T. Ro‘ziyev, O‘zA