Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchimiz “North American Open”da g‘alaba qozondi
10:31 / 2026-01-04

Yangi yil kunlari AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tgan “North American Open 2025” xalqaro shaxmat turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi muvaffaqiyatga erishdi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqada terma jamoamiz a’zosi Abdumalik Abdusalimov kuchli raqobat sharoitida mamlakatimiz shaxmat maktabining salohiyatini yana bir bor namoyish etdi.

Mahoratli yosh grossmeysterimiz A.Abdusalimov 125 nafar shaxmatchi o‘rtasida 6.5 ochko jamg‘arib, musobaqa g‘olibiga aylandi. 2-o‘rin eronlik Maghami Exsanga, 3-o‘rin esa hindistonlik Koustav Chatterjiga nasib etdi.

Shuningdek, ushbu turnirda ishtirok etgan yosh shaxmatchilarimizdan Muhammadali Abdurahmonov 6,5 ochko bilan musobaqaning 5-pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, xalqaro toifadagi sport ustasi Saidakbar Saidaliyev 5.5 ochko bilan 27-o‘rinni egalladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA