Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchimiz mahorati
15:17 / 2014-08-14

Norvegiyaning Tromsyo shahrida davom etayotgan jahon shaxmat olimpiadasining erkaklar o‘rtasidagi o‘ninchi tur bahslarida terma jamoamiz a’zolari gollandiyalik shaxmatchilar ustidan 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozonib, 177 davlat vakillari orasida yettinchi o‘rinda bormoqda.

Ushbu bahsda Rustam Qosimjonov Ayenish Giri bilan, Anton Filippov Ervin Lami bilan, Marat Jumayev Loyek Van Uyeli bilan durang o‘ynadi. Hal qiluvchi partiya 19 yoshli iqtidorli shaxmatchimiz Jahongir Vohidov va Robin Van Kampen o‘rtasida kechdi. Mazkur o‘yinda hamyurtimiz raqibini mot qilib, terma jamoamizga zarur bo‘lgan ochkoni keltirdi.

So‘nggi turda shaxmatchilarimiz musobaqa jadvalida sakkizinchi pog‘onada borayotgan Hindiston terma jamoasi a’zolariga qarshi dona suradi.