Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimizning Jahon chempionatidagi gʻalabalari
12:55 / 2019-04-20

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida shaxmat boʻyicha 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan maktab oʻkuvchilari oʻrtasida Jahon chempionati bahslari qizgʻin davom etmoqda.


Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida shaxmat boʻyicha 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan maktab oʻkuvchilari oʻrtasida Jahon chempionati bahslari qizgʻin davom etmoqda.

Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz terma jamoasining 7 nafar aʼzosi 2-turda ham gʻalabaga erishdi.

Jumladan, 9 yoshli oʻquvchilar oʻrtasidagi musobaqada Humoyun Bekmurodov rossiyalik Radomir Jerdevni taslim etdi. 15 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar orasida Javohir Sindorov mezbonlar vakili Bora Chilekni, 17 yoshlilar orasida umidli shaxmatchimiz Shamsiddin Vohidov turkiyalik Kagan Aydinchilekni, Nodirbek Yoqubboyev esa jamoadoshi Ali Qosimovni magʻlub etdi va oʻz ochkolari sonini 2taga yetkazib oldi.

photo_2019-04-20_12-56-34 (2).jpg

Ammo, 7 yoshlilar oʻrtasidagi bahslarda dona surayotgan Akbar Allaberganov Turkiya vakili Chan Simsekka, Bahrom Bahrillayev esa rossiyalik Pyotr Grishinga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Bu turda Zaynura Abrorova texnik gʻalabaga erishdi.

11 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar orasida Afruza Hamdamova turkiyalik Azra Kurnaz, 13 yoshli Umida Omonova esa boshqa bir turkiyalik Efsa Buyukdan ustun keldi.

Bugun Jahon chempionati doirasida 3-tur uchrashuvlari oʻtkaziladi.

photo_2019-04-20_12-56-34.jpg

photo_2019-04-20_12-56-36.jpg