Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionatida 18 medalni qo‘lga kiritdi
16:47 / 2017-07-31

Xitoyda shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yosh sportchilarimiz 8 oltin, 6 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritib, yigirmadan ziyod davlat terma jamoalari o‘rtasida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Xitoyda shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yosh sportchilarimiz 8 oltin, 6 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritib, yigirmadan ziyod davlat terma jamoalari o‘rtasida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Nufuzli musobaqaning standart shaxmat bo‘yicha 11 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi bahslarida Umida Omonova 8 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab, Osiyo chempioni bo‘ldi. U blits shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda ham 8 ochko bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, rapid yo‘nalishida 5,5 ochko jamg‘argan holda kumush medal bilan taqdirlandi.

Ushbu yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar bahsida Olmos Rahmatullayev 7,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Rapid va blits yo‘nalishlarida esa tengsiz ekanini isbotlab, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Etti yoshgacha qizlar bahsida qatnashgan Afro‘zabonu Ro‘zimatova 7 ochko bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Uning blits yo‘nalishidagi ishtiroki esa g‘alaba bilan yakunlandi – 7 ochko va oltin medal. Rapid yo‘nalishida 5,5 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi.

O‘n besh yoshgacha qizlar musobaqasida Sitora Saparova standart shaxmat bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Blits yo‘nalishida 9 imkoniyatdan 9 ochko, rapid yo‘nalishida yetti imkoniyatdan 6,5 ochko jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasida ko‘tarildi.

O‘n uch yoshgacha qizlar bahsida yana bir shaxmatchimiz Yuliya Xegay har uch yo‘nalishda muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkita kumush va bitta bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 9 yoshgacha qizlar o‘rtasida Zilola Aktamova blits yo‘nalishda 8,5 ochko bilan birinchi, rapid yo‘nalishda 5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘n uch yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Mirfayz Sunnatov blits yo‘nalishida 6,5 ochko jamg‘arib, chempionatning bronza medali bilan taqdirlandi.