Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz Osiyo chempionatida sovrindorlikka erishdi
10:51 / 2025-10-28

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatining yakunlangan rapid yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib natijaga erishdi.

16 ta davlatning 675 nafar shaxmatchi yoshlari qatnashayotgan qit’a birinchiligida hamyurtimiz Ruqiya Olimova 15 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida 5,5 ochko jamg‘arib, kumush medal sohibasi bo‘ldi.

Shuningdek, 9 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar orasida terma jamoamiz a’zosi Shohjahon Sidiqov 5,5 ochko bilan 3-o‘rinni, 9 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida Madinabonu Asadova va 7 yoshgacha bo‘lganlar bahsida qatnashgan Mohinur A’zamxo‘jayeva 4-o‘rinni band etdi.

Chempionatning 9 ta turdan iborat standart va blits musobaqalari davom etmoqda. Mazkur o‘yinlarda mamlakatimizning 15 nafar maktab o‘quvchilari o‘z yosh toifalarida dona surmoqda.

Bahslar 2 noyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA