Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz jahon kubogida qatnashmoqda
11:19 / 2025-06-24

Bugun, 24 iyun kuni Gruziyaning Batumi shahrida 8, 10 va 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon kubogi musobaqalarining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

36 ta davlatning 300 nafarga yaqin shaxmatchi-yoshlari ishtirok etayotgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar a’zosi o‘z yosh guruhlarida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Yosh shaxmatchilarimizdan Kamoliddin Ma’murov, Muzaffarjon Abdurasulov, Muhammadziyo Olimjonov 12 yoshli o‘g‘il bolalar bahsida dona surayotgan bo‘lsa, Amelina Gimranova va Husnoraxon Husnitdinova 10 yoshli qizlar musobaqasida, Zarina Larina 8 yoshli qizlar musobaqasida o‘z omadini sinovdan o‘tkazmoqda.

Ortda qolgan 1-tur o‘yinlarida terma jamoamiz a’zolaridan Zarina Larina g‘alabaga erishdi. Husnoraxon Husnitdinova va Muzaffarjon Abdurasulov durang natija qayd etishdi.

Musobaqalar 3 iyulga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA