Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz jahon chempionatida yetakchi
15:33 / 2024-06-26

Gruziyaning Batumi shahrida 8-12 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatining ortda qolgan 3-tur o‘yinlaridan keyin O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Biloliddin Obidov 12 yoshlilarning «A» guruhida yetakchilikka erishib turibdi.

Yosh shaxmatchimiz B.Obidov 1-turda singapurlik Venkata Narayanasvami Xareshni, ikkinchi va uchinchi turlarda FIDE bayrog‘i ostida musobaqada ishtirok etayotgan Artem T.Mamikonyanni va Damir Bulgakni mag‘lubiyatga uchratib, 3 ochkoga ega bo‘lgan holda yakka peshqadamga aylanib oldi.  

Chempionatning 10 yoshlilar musobaqasining «B» guruhida ishtirok etayotgan umidli yoshlarimizdan Hasan Akramov 2,5 ochko bilan 4-o‘rinni, uning hamrohi Husan Akromov esa 1,5 ochko bilan 12 pog‘onani band etgan. 8 yoshlilarning «B» guruhida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Abdurahmon Radjabov 2 ochko bilan tengdoshlari orasida 9-o‘rinni, Mirzohid Muhiddinov 1 ochko bilan 12-qatorda qayd etilgan.  

Jahon birinchiligining qizlar musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan shaxmatchilarimizdan Husnora Husniddinova 12 yoshlilar orasida 5-o‘rinni band etgan.  

Eslatib o‘tamiz, iste’dodli yosh shaxmatchilar orasidan kuchlilarni aniqlash maqsadida o‘tayotgan musobaqa 3 iyulga qadar davom etadi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA