Yosh shaxmatchilarimiz jahon chempionatida qatnashmoqda
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Misrda shaxmat bo‘yicha 8, 10 va 12 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
66 davlatdan 500 nafardan ziyod shaxmatchilar qatnashayotgan musobaqalarda mamlakatimiz vakillari munosib natijalarga erishmoqda.
Ortda qolgan 4-tur o‘yinlaridan so‘ng, terma jamoamiz a’zolaridan Sarvar Salohiddinov 3,5, Husnoraxon Husnitdinova, Mumtozbegim Sobirova, Mohinaxon Karimova 3, Javohir Bozorov, Malika Norqulova, Abdumajid Botiraliyev 2,5 ochkoga ega bo‘lgan holda o‘z yosh toifasida g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda.


11 turdan iborat bo‘lgan chempionat bahslari 26 oktyabr kuniga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA