Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz jahon chempionatida muvaffaqiyatga erishdi
15:28 / 2025-12-21

Turkiyaning Antaliya shahrida shaxmat bo‘yicha 9-17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Mahoratli yosh shaxmatchilarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medaliga egalik qilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rindan joy olgan Turkiya terma jamoasi 8 ta medal jamg‘ardi. Kuchli uchlikka 6 ta medalni qo‘lga kiritgan FIDE jamoasi yakun yasadi.

33 ta davlatning 300 nafardan ziyod yoshlari qatnashgan dunyo birinchiligida Humoyun Bekmuratov, Asrorjon Omonov, Ruqiya Olimova, Madinabonu Xalilova, Abdumajid Botiraliyev, Nurmuhammad Ne’matillaxonov kabi yoshlarimiz O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA