Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz jahon chempionatida munosib ishtirok etdi
10:45 / 2025-10-17

Albaniyaning Durres shahrida shaxmat bo‘yicha 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il hamda qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida iste’dodli yosh shaxmatchi qizimiz sovrindorlikka erishdi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) shafeligida 11 ta turdan iborat shveysarcha tizimda o‘tkazilgan bahslarda 83 ta davlatning 720 nafar shaxmatchisi uchta yosh toifasining 6 ta guruhida g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Ular safida O‘zbekiston terma jamoasining 18 nafar a’zosi chempionatda o‘z yosh toifasida ishtirok etdi.   

Musobaqada 10-turgacha mag‘lubiyatsiz harakatlangan Afruza Hamdamova 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar bahsida g‘oliblikka yaqin kelgandi. Biroq 10-turda  Olga Karmanova(FIDE)ga yutqazib qo‘ydi.  

Ushbu yosh toifasida chempionatning 4-turida Hamdamovadan mag‘lubiyatga uchragan xitoylik Muziyan Gao 9 ochko bilan 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Afruza singari 8 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan rossiyalik Valeriya Kleymenova va Olga Karmanova qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan joy oldi. Hamdamova 4-o‘rin bilan kifoyalandi.  

14 yoshli shaxmatchilar o‘rtasidagi bahslarda dona surgan hamyurtimiz Ruqiya Olimova chempionat kashfiyoti bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mahoratli shaxmatchi qizimiz o‘tkazilgan 11 ta turda 9 ochko to‘plab, 2-o‘rinni egalladi va Jahon chempionatining kumush medali bilan taqdirlandi.  

Jahon chempionatida shaxmatchilarimizning yosh toifalarida to‘plagan ochko va egallagan o‘rinlari quyidagicha:  

Yakuniy natijalar 18 yoshgacha:  

Afruza Hamdamova – 8 ochko, 5-o‘rin  

Guldona Karimova – 6,5 ochko, 15-o‘rin  

Zilola Aktamova – 6 ochko, 34-o‘rin  

Vasila Abdujabborova – 5 ochko, 49-o‘rin  

Qilichbek Naziraliyev– 5,5 ochko, 66-o‘rin  

16 yoshgacha:  

Nilufarxon Imomqo‘ziyeva – 7 ochko, 12-o‘rin  

Liliya Belaya – 6 ochko, 32-o‘rin  

Asrorjon Omonov – 7 ochko, 15-o‘rin  

Sa’dullo Azizov  – 6,5 ochko, 33-o‘rin  

Muhammadyusuf Muhsinov – 6,5 ochko, 42-o‘rin  

Xondamir Elmirzayev – 6 ochko, 55-o‘rin  

Akbarali Abduhakimov – 5,5 ochko, 72-o‘rin  

14 yoshgacha:  

Ruqiya Olimova– 9 ochko, 2-o‘rin  

Dilnoza Nurullayeva – 6,5 ochko, 27-o‘rin  

Davlatova Sevinch – 5 ochko, 63-o‘rin  

Shaxzod Islomov– 6,5 ochko, 38-o‘rin  

Abdulqodir Bahodirov – 6 ochko, 51-o‘rin  

Saidxo‘ja Vohidov– 4 ochko, 126-o‘rin  

T.Ro‘ziyev, O‘zA