Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz “Dole Open-2025”da qatnashmoqda
15:56 / 2025-07-20

Kecha Fransiyada “Dole Open–2025” xalqaro shaxmat turniri boshlandi.

Mukofot jamg‘armasi 30 ming 880 yevrodan iborat xalqaro turnirda 39 mamlakatning 293 nafar shaxmatchisi qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham dona surmoqda.

Xalqaro turnir reyting ko‘rsatkichiga ko‘ra, “Masters”, “Accession” va “Petits Zelo” guruhlarida tashkil etilmoqda.

Xalqaro turnirning o‘g‘il bolalar bahsida hamyurtlarimiz Muhiddin Madaminov, Ortiq Nigmatov, Abdumalik Abdusalimov, Humoyun Bekmuratov, Saidakbar Saidaliyev, Almas Rahmatullayev, Muhammadali Abdurahmonov, Bahrom Bahrillayev, Asrorjon Omonov ishtirok etayotgan bo‘lsa, ayollar musobaqasida Nilufar Yakubboyeva, Guldona Karimova, Marjona Malikova, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva, Barchinoy Shokirjonova, Maftuna Bobomurodova kabi shaxmatchilarimiz o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Kecha tashkil etilgan 1-tur o‘yinlarida yetakchi shaxmatchilarimizdan Muhiddin Madaminov, Abdumalik Abdusalimov, Asrorjon Omonov, Almas Rahmatullayev g‘alabaga erishdi.

Bugun, 20 iyul kuni nufuzli musobaqaning 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

9 ta turdan iborat turnir bellashuvlari 27 iyulga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA