French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilar o‘rtasida mamlakat chempionati boshlandi
19:20 / 2026-02-02

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 8–14 yoshdagi o‘g‘il va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari start oldi. Musobaqa yosh sportchilarning mahoratini oshirish va iqtidorli shaxmatchilarni saralab olishga qaratilgan.

Ikki tur yakuniga ko‘ra, qizlar o‘rtasidagi bahslarda 13 nafar ishtirokchi 2 tadan g‘alaba bilan peshqadamlik qilmoqda. Ular orasida E’zoza Shomirzayeva, Sevinch Yo‘ldosheva, E’zozaxon Hasanova, Mohinur Hikmatxonova hamda Mohinaxon Karimova kabi yosh shaxmatchilar bor.

[gallery-27438]

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlar ham qizg‘in kechmoqda. Ayni paytda ushbu guruhda 11 nafar sportchi ikki turda ham g‘alaba qozonib, yetakchilar safidan joy olgan. Biloliddin Obidov, Shahzod Islomov, Temur Shavkatov, Abdumajid Botiraliyev va Ibrohim Jumanazarov shijoatli o‘yinlari bilan ajralib turibdi.

Jami 169 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etayotgan chempionat 9 fevral kuni o‘z yakuniga yetadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA