Yosh shaxmatchilar bahsi
Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot” shaxmat taxtasi” an’anaviy turnirining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi.
Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot” shaxmat taxtasi” an’anaviy turnirining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi.«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 110 nafar o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun dona surdi.
Musobaqada Maftuna Odilbekova, Durdona Akbarova, Munira Zohidova, Sarvinoz Qilichova, Muxlisa Sanaqulova, Davron Anvarov, Muslimbek Abdurahimov, Nodir Toshniyozov, Miraziz Ergashev, Muhammadzohir Suyarov o‘z yosh toifasida birinchi o‘rinni egalladi.
– Turnirda zafar quchib, mamlakat bosqichiga chiqqanimdan xursandman, – deydi Davron Anvarov. – Bahslar qizg‘in va murosasiz o‘tdi. Maqsadim hal qiluvchi bosqichda g‘alaba qozonishdir.