Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shashkachilarimiz sovrindorlar safida
12:03 / 2018-09-05

Bolgariyada yoshlar oʻrtasida 64 katakli shashka boʻyicha jahon chempionati oʻtkazildi


Bolgariyada yoshlar oʻrtasida 64 katakli shashka boʻyicha jahon chempionati oʻtkazildi.

Rapid yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan bahslarda sakkiz yoshli shashkachimiz Mavluda Mahmudova barcha raqiblarini yengib, birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, klassik yoʻnalishda uchinchi pogʻonadan joy oldi.

Shuningdek, rapid yoʻnalishida Ozodbek Oʻrmonaliyev 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida oltin medal sohibiga aylandi. 8 va 20 yoshli shashkachilar oʻrtasida Samira Qahhorova hamda Shahzoda Tursunmurodova terma jamoamizga kumush medalni keltirdi.

Klassik yoʻnalishda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan O.Oʻrmonaliyev ikkinchi marotaba shohsupaga koʻtarildi. U 14 yoshlilar oʻrtasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Mazkur yoʻnalishda Shahzoda Fayzullayeva, Fitrat Olimovlar oʻz yosh toifalarida bronza medali bilan taqdirlandi.

Blis yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan bahslarda S.Qahhorova va O.Oʻrmonaliyev tengdoshlari oʻrtasida shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.

Sakkiz yoshli shashkachilar oʻrtasidagi bahslarda M.Mahmudova va F.Olimov kumush, oʻn bir yoshlilar orasida Sh.Fayzullayeva bronza medaliga sazovor boʻldi.