Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shashkachilar viloyat bosqichida raqobatlashdi
16:03 / 2025-11-20

Namanganda joylashgan Yoshlar markazida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqalarining shashka yo‘nalishi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu bosqichda Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlaridan saralangan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etayotir. Musobaqa natijalariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida Chust tumani 65-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Farzona Mutalipova, o‘g‘il bolalar orasida Kosonsoy tumani 39-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Odil Toshpo‘latov g‘olib deb topildi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shashka bo‘yicha o‘tkazilayotgan mazkur bellashuvlar yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning faolligi va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev,  

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA