Yosh saylovchi, bo‘lajak huquqshunoslar - saylov okrugida
Qashqadaryo viloyatidagi yuridik texnikumning bir guruh o‘quvchi-yoshlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo saylov okrugida bo‘lib, okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Komissiya a’zolari saylovda birinchi marta ishtirok etadigan bu yoshlarga saylovning mamlakatimiz va har bir fuqaro hayotidagi o‘rni va ahamiyati, Saylov kodeksining mazmun-mohiyati, muhim siyosiy jarayonni oshkoralik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazish maqsadida komissiyalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
[gallery-3896]
Yoshlarga ovoz berishda ishtirok etish mamlakatning yo‘li qanday bo‘lishi lozimligi xususidagi o‘z xohish-irodasini ifoda etish imkoni ekani tushuntirildi.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),O‘zA.