Mamlakatimiz uchun muhim siyosiy jarayonlardan biri – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘tkaziladigan saylovlarga ham sanoqli kunlar qoldi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Mudofaa vazirligiga qarashli 525-SCHR bataloni qo‘mondonligi bilan hamkorlikda harbiy qism yoshlari bilan “Yosh Saylovchi – 2021” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Unda “Yosh saylovchi – 2021” targ‘ibotchi-volontyorlari tomonidan yoshlarimizning siyosiy bilimi, huquqiy madaniyatini oshirish, saylov qonunchiligiga doir o‘zgarishlarni o‘z vaqtida yetkazish va mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovlarda faol ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuhrat Suyarov, O‘zA