Yosh sambochilarimiz Tojikiston turnirida 19 ta medalli bo‘ldi
Tojikistonning Xo‘jand shahrida sambo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda mamlakatimiz vakillari muvaffaqiyatga erishdi.
Murosasiz bellashuvlar natijasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 8 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi xalqaro turnir sarhisobiga ko‘ra, 19 ta medalga ega chiqqan Shavkat Jo‘rayev murabbiyligidagi yosh sambochilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin Tojikiston terma jamoasiga nasib etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA