Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh rassomlarimiz uchun mahorat maktabi
13:26 / 2022-07-16

Plener – rassomlar uchun eng maroqli ijodiy jarayon.

Yoshi va ijodiy tajribasidan qat’i nazar, bunda mo‘yqalam ahli ona tabiatdan bahra olib, bevosita go‘zal manzaralarni o‘zlari ko‘rib, zavqlanib, uni tasvirga tushirish imkoniga ega bo‘ladilar. 

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti  talabalari Belarus Respublikasining Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida xalqaro plenerda ishtirok etdilar. E’tiborga molik jihati, ushbu xalqaro plenerda nafaqat Belarus, balki qator xorijiy davlatlar talabalari ham qatnashdi.  

Grodno davlat universiteti ustozlari, san’atshunos rassomlari O‘zbekiston talabalari ijodi, iste’dodini alohida e’tirof etdilar.   

O‘zaro fikr va ijodiy tajriba almashishga boy bo‘lgan plener juda maroqli va sermazmun o‘tdi.

N.Usmonova, O‘zA