Yosh rassomlar ko‘rgazmasi
Farg‘ona shahar 4-bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy san’at sinfi o‘quvchilari 14 yildan beri har yili bahor faslida yillik hisobot sifatida turli yo‘nalishdagi ishlarini viloyat o‘lkashunoslik muzeyi ko‘rgazmalar zalida namoyish qiladi. Bunda 8 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etadi. Ular yil davomida olgan bilimlarini qog‘oz va matoda aks ettiradi.
– Bu yilgi ko‘rgazmada jami 415 ta manzara, naturmot, portret mavzuidagi ishlar qo‘yilgan, – deydi maktab o‘qituvchisi Dildora Teshayeva. – Asosiy g‘oya milliylik edi. Milliy liboslar, me’moriy binolar, tarixiy obidalar, ko‘cha va tabiat ko‘rinishlari chizilgan.


<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ftQnDTDB2rA" title="Yosh rassomlar ko‘rgazmasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ko‘rgazma yakunida g‘oliblar mukofotlandi.
Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA