FOTOREPORTAJ
Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Madaniyat saroyining tasviriy san’at, xalq rassomchilik studiyasi to‘garagi qatnashchilari tomonidan chizilgan suratlarda “Ertak qahramonlari”, “Mening oilam”, “Bolalarga bering dunyoni”, “Bolalik”, “Men sevgan asar qahramoni” kabi mavzular aks ettirilgan.
[gallery-12126]
Ta’kidlash joiz, to‘garak qatnashchilari bugungi kunda viloyat, respublika va hatto jahon miqyosida o‘tkazib kelinayotgan nufuzli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
Ko‘rgazmada faol ishtirok etgan bir guruh ishtirokchilar Madaniyat saroyining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA