Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh qutqaruvchilar” o‘z mahoratlarini namoyish etdi
22:47 / 2025-04-14

Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida “Yosh qutqaruvchi” harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik hamda vatanparvarlik, shuningdek, iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida tashkil etilgan musobaqada kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 14 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Navoiy shahridagi 1-umumta’lim maktabining “Spasatel” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Uchquduq tumanidagi 10-umumta’lim maktabining “Qalqon”, 3-o‘rinni esa Karmana tumanidagi 16-umumta’lim maktabining “Xaloskorlar” jamoasi egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, turli yo‘nalish g‘oliblari munosib taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri