Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Yosh qutqaruvchi» ko‘ngillilar klublari tashkil etiladi
18:36 / 2022-02-11

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida «Yosh qutqaruvchi» ko‘ngillilar klublari faoliyatini tashkil etish, klub samaradorligini oshirish va o‘tkaziladigan musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazishga bag‘ishlangan respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan seminarda Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbir davomida yoshlarni sport mashg‘ulotlariga tayyorlash, ularning hayot faoliyati xavfsizligiga oid bilimlarini nazariy va amaliy jihatdan mustahkamlash va qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish xususida ma’ruzalar tinglandi. 

Ishtirokchilar «Yosh qutqaruvchi» ko‘ngillilar klublari faoliyatini tashkil etishga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishib, sohaga oid bilimlarini yanada oshirishga erishdilar. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA