Yosh qilichbozlarimizning shashti baland
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida U20 yosh toifasida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda. Unda yurtimizning turli hududlaridan kelgan 80 nafar sportchi ishtirok etdi.
Qizlar orasidagi final uchrashuvida Dilnura Ibodullayeva va Ozoda Usmonjonova o‘zaro raqobatlashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan ushbu jangda Dilnura 15:13 hisobida raqibi ustidan zafar quchdi. Ularga yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Shahnoza O‘rinboyeva hamda Alina Xalilova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

O‘g‘il bolalar orasida esa Farg‘onadan kelgan Ozodbek Zaynobiddinov barcha raqiblarini taslim etib, oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, Elyor Davronov finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan holda kumush medalga ega chiqdi. Shuningdek, Ulug‘bek Qazaxboyev va Navro‘z Alijonov bronza medal bilan taqdirlandi.
Ayni damda mamlakat kubogida jamoaviy bellashuvlar o‘tkazilmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA