Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh qilichbozlarimiz mahoratini ko‘rsatdi
09:43 / 2023-11-30

Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda. Musobaqa doirasida rapira yo‘nalishida yoshlar toifasidagi yigit va qizlar yakkalik bahsida raqobatlashdi.

Ushbu bellashuvlarda mamlakatimizning turli hududidan kelgan jami 80 nafar qilichboz o‘zaro kuch sinashdi. Unda andijonlik Radmir Semeneyev hamda farg‘onalik Durdona Madaminjonova shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy oldi.  

Eslatib o‘tamiz, bugun mamlakat kubogi bahslarining so‘nggi kuni bo‘lib, unda rapirachi o‘smir va yoshlar jamoaviy bahslarda raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA