Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh polvonlarimiz sovrindorlar safida
11:58 / 2015-10-15

Rossiyada yunon-rum kurashi bo‘yicha 1996-1998-yillarda tug‘ilgan yosh polvonlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazildi.

Rossiyada yunon-rum kurashi bo‘yicha 1996-1998-yillarda tug‘ilgan yosh polvonlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazildi.

Musobaqada ikki yuz nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Vazni 50 klogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida hamyurtimiz Ilhom Bahromov finalga qadar o‘tkazilgan bahslarda barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Terma jamoamizga ikkinchi kumush medalni 55 kilogramm vaznda qatnashgan Javohir Mirahmedov keltirdi. Ushbu vazn toifasida kechgan bellashuvlarda yana bir sportchimiz Qamariddin Zayniddinov bronza medalni qo‘lga kiritdi.