Yosh polvonlar prokuror sovrini uchun bellashadi
Joriy yilning 9 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Jurjoniy” sport majmuasida 13-15 yoshdagi o‘smirlar va 15-17 yoshdagi qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha Uchtepa tumani prokurori sovrini uchun musobaqa bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasidagi musobaqada o‘smirlar 42, 46, 50, 55, +55 kg, qizlar esa 57, 63, 70 kilogrammgacha vazn toifalarida o‘zaro kuch sinashadi.
G‘oliblar Uchtepa tumani prokuraturasi hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘limi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
J. TOSHXO‘JAEV, O‘zA