Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh polvonlar “Prokuror kubogi”da bellashdi
16:57 / 2024-06-13

FOTOREPORTAJ

Nukusda kurash bo‘yicha 2007-2008 yillarda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Nukus shahar “Prokuror kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.  

Musobaqada shahar maktablari hamda mahallalardan jami 100 dan ziyod polvon ishtirok etib, 14 vazn toifasida o‘zaro bellashdi.

O‘g‘il bolalar bahsida Jondorbek Usmonov, Sohibjon Puxarboyev, Begaris Qutiboyev, Oltinbek Qurbonboyev, Azizbek Toliboyev, Abuzokir Janabergenov, Nursulton Joldibayev, Abubakir Janabergenov, Nurlan Sulaymonov, Alpomish Asamaddinov, Shing‘is Toliboyev, Ruslan Toliboyev o‘z vazn toifasida birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida Yeldana Akpolat (52 kg), Albina Ibrohimova (57kg) g‘olib bo‘ldi. 

 [gallery-17826]

Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA