Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh polvonlar Bosh prokuror kubogi uchun gilamga tushmoqda
11:40 / 2025-06-15

Surxondaryo viloyatida mahallalar yosh polvonlari o‘rtasida Bosh prokuror sovrini uchun sportning milliy kurash turi bo‘yicha tuman va shahar musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Oltinsoy tumanida bo‘lib o‘tgan saralash bellashuvlarida ikki mingdan ortiq yosh o‘zaro kuch sinashdi. Unda g‘olib bo‘lgan yoshlar musobaqaning tuman bosqichida qizlar 57, 63, 70, +75 vazn toifasida, o‘g‘il bolalar 66, 73, 81, 90, +90  vazn toifasida gilamga tushdi.  

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan bellashuvda 66 kilogramm vazn toifasida Nurbek Jo‘rayev, 73 kilogramm vaznda Davlat To‘raxonov, 81 kilogramm vazn toifasida Faxriddin Meliqulov, 90 kilogramm vaznda Samandar Kamolov, 90 kilodan ortiq vazn toifasida Ma’ruf Qodirov faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasidagi musobaqada 57 kilogramm vaznda Shodiya Abdimurodova, 63 kilogramm vazn toifasida Marjona Pirnazarova, 70 kilogramm vaznda Dilrabo Hayitaliyeva, 75 kilodan ortiq vazn toifasida Gulnoza Jo‘rayeva birinchi o‘ringa sazovar bo‘ldi.  

[gallery-23913]

G‘olib yosh polvonlar sportning milliy kurash turi bo‘yicha Bosh prokuror kubogi uchun o‘tkaziladigan musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etishga yo‘llanma oldi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri