Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh polvonlar bellashuvi
20:55 / 2014-09-24

Poytaxtimizdagi «Jar» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida kurash bo‘yicha mahallalar yoshlari o‘rtasida an’anaviy «Mahallamiz pahlavonlari» musobaqasining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Poytaxtimizdagi «Jar» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida kurash bo‘yicha mahallalar yoshlari o‘rtasida an’anaviy «Mahallamiz pahlavonlari» musobaqasining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi ijrosi doirasida «Mahalla» xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi vazirliklari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati kabi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan kelgan o‘g‘il-qizlar olti vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi. 

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida sportni, jumladan, milliy qadriyatimiz bo‘lgan kurashni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Mahallamiz pahlavonlari» musobaqasi yoshlar o‘rtasida kurashni yanada ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etishga xizmat qilmoqda. 

2014-yilgi musobaqalarning barcha bosqichlarida jami 151 ming 500 nafardan ziyod yosh polvon qatnashdi. Bu mahallalar yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport tobora ommalashib borayotganidan dalolatdir.

– Musobaqaning mamlakat bosqichida shogirdlarim muvaffaqiyatli ishtirok etdi, – deydi xorazmlik murabbiy Boboxon Abdullayev. – Musobaqa keskin kurashlar ostida o‘tdi. Ayniqsa, Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryodan kelgan yosh polvonlarning tajriba va mahorati tahsinga loyiq.

Turnirning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarida qoraqalpog‘istonlik Aydos Adirbekov, Toshkent viloyatidan Zafarbek O‘rmonaliyev va buxorolik Muhriddin Hikmatov o‘z vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qizlar bahsida jizzaxlik Farangiz Murodova, namanganlik Nafisa Vohidova va samarqandlik Gulniso Keldiyorova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

– Bellashuvlar davomida milliy sportimizga bo‘lgan qiziqishim yanada ortdi, yangi-yangi usullarni o‘rgandim, – deydi andijonlik Maftuna Mahmudova. – Eng muhimi, ko‘plab do‘stlar orttirdim. Maqsadim kelgusida o‘z ustimda ko‘proq ishlab, Vatanimiz dovrug‘ini xalqaro maydonlarda himoya qilishdir.