Yosh osoyishtalik posbonlari kibersport o‘yinlarida bellashdi
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Kibersport” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida e’lon qilingan “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va tuman, shahar IIBlari yosh xodimlaridan iborat jamoalar o‘zaro bellashib, intellektual salohiyatini namoyish etdi.


Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida faxrli birinchi o‘rin Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni sho‘rchilik va uchinchi o‘rinni Uzun tumani ichki ishlar bo‘limi yosh xodimlari jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri