English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh oshpazlar kuch sinashdi
17:26 / 2021-06-24

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan Yoshlar oyligi doirasida oliy ta’lim muassasalari hamda mahallalardagi 25 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida Forish tog‘ poligonida “Yosh oshpazlar” ko‘rik-tanlovining Markaziy harbiy okrug bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovning dastlabki bosqichi Jizzax, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on garnizonlarida harbiy qism va muassasalarga biriktirilgan jami 75 ta jamoa 150 nafar hudud yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi bosqichida esa garnizon miqyosida o‘z mahoratini namoyish etib, faxrli I-II o‘rinni olgan 6 jamoa ishtirok etdi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, har bir jamoada ikki nafar yosh o‘zbek milliy taomi bo‘lgan palov hamda gazak tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.  

[gallery-2910]

ARMI-2021 xalqaro armiya o‘yinlari ishtirokchilari bo‘lgan mohir oshpazlar, okrug moddiy ta’minot boshqarmasi ofitserlari hakam sifatida ishtirokchilarning taom tayyorlash jarayonini kuzatib bordi.

Faxrli birinchi o‘rin Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridan Dilnoza Fayziyevaga nasib etdi. Forish tumanidan Muhammadali Inoyatov ikkinchi hamda Sharof Rashidov tumanidan Bobur Mansurov uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘oliblar Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

 

Jamshid YORBEKOV (surat),O‘zA