Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh olimlar Ligasi” – yoshlar uchun qulay platforma
20:47 / 2024-02-07

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan, shuningdek, “O‘zbekiston-2030" strategiyasining 31-maqsadi ijrosini ta’minlash, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan “Yosh olimlar Ligasi” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha iste’dodli yoshlarning ham amaliy, ham nazariy bilimlarini oshirish, nufuzli universitetlarga o‘qishga kirishida tajriba to‘plash va kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, yosh olimlarning rivojlanishi uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi. 

Taqdimotda qayd etilganidek, “O‘zbekiston-2030" strategiyasining 31-maqsadida ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual o‘yinlar hamda chet tillarini o‘rganishga jalb etish orqali kamida 2 million yoshning iqtidorini rivojlantirish, har yili 500 nafar iste’dodli yoshni xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuborish vazifalari belgilangan. Shuningdek, O‘zLiDeP dasturida ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator maqsadlar ilgari surilgan. Mazkur loyiha ushbu strategik vazifalar hamda partiya dasturiy maqsadlari ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekani alohida qayd etildi. 

Loyiha talabalarga o‘z sohalari bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Ya’ni, talabalar ushbu tashabbus orqali ilmiy maqolalar yozish, tadqiqot o‘tkazish va akademik salohiyatni rivojlantirish, ustoz-shogird an’analarini yo‘lga qo‘yish, fikr almashish va ilmiy debatlarda qatnashish uchun qulay platformaga ega bo‘ladi. 

Taqdimotida ishtirok etgan yoshlarga “Yosh olimlar Ligasi”ning imkoniyatlari, unda qatnashish shartlari batafsil tushuntirildi. Yoshlarning fikrlari, takliflari tinglandi hamda ularning savollariga javoblar qaytarildi. 

Muhtarama Komilova, Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA