Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh olimlar anjumani
16:11 / 2021-03-31

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida «Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondashuv, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar» mavzusida III respublika yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Respublika yosh olimlar kengashi faollari, X.Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti, IIV akademiyasi, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Mudofaa vazirligi Oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, FVV akademiyasi Fuqaro muhofazasi instituti, respublikamizning bir qator oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, kursantlar ishtirok etdi.

Tadbirda Akademiya boshlig‘i, general-polkovnik Qobil Berdiyev va boshqalar tomonidan 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi izchil amalga oshirilayotgani, oliy ta’lim muassasalarida innovatsion va texnologik g‘oyalarni har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, yoshlar o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini rivojlantirish, o‘zaro fikr-mulohaza va tajriba almashishlari uchun sharoit yaratish, yoshlarni fan-texnika taraqqiyoti yo‘lida birlashtirish hamda yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida o‘zaro fikr almashildi.

Anjumanda amaliy hamkorlikda innovatsion g‘oyalar va ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadbir doirasida yosh olim va ixtirochilar tomonidan yaratilgan ilmiy innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi hamda badiiy va maxsus adabiyotlar yarmarkasi tashkil etildi.

 

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA