Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh olimga “Prezident sovg‘asi” – BYD avtomobili berildi
11:38 / 2025-09-16

Buxoro davlat texnika universiteti doktoranti Abubakir Atoyev “Eng yaxshi g‘oya” respublika tanlovida 1-o‘rinni egallab, Prezident sovg‘asi – BYD avtomobili bilan taqdirlandi.

Abubakir Atoyev taqdim yetgan “Suv taqsimlash inshootlari uchun vertikal o‘qli mikroGES ishlab chiqish” g‘oyasi respublika miqyosida yuqori baholandi va mamlakatimiz ilm-fan hamda innovatsiyalar sohasida muhim ahamiyatga ega loyiha sifatida e’tirof yetildi.

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalasi butun dunyo miqyosida eng dolzarb muammolardan biri sanaladi. An’anaviy energiya manbalarining tugab borishi, atrof-muhitning ifloslanishi va yashil iqtisodiyot konsepsiyasining keng joriy qilinishi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanishni taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, kichik gidroenergetika, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi hududlarida suv taqsimlash inshootlari imkoniyatidan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.

– Tadqiqotimning asosiy maqsadi – mavjud suv taqsimlash inshootlaridan samarali foydalanib, energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir. Mamlakatimizdagi ko‘plab kanallar va suv inshootlarida suv oqimining potensial energiyasi yetarli darajada mavjud. Ammo, bu imkoniyatlardan elektr energiyasi ishlab chiqarishda to‘liq foydalanilmayapti. Shuning uchun ham “Vertikal o‘qli mikroGES” texnologiyasini ishlab chiqish ushbu muammoni hal etishga xizmat qiladi, –deydi yosh olim Abubakir Atoyev.

Taklif etilayotgan “Suv taqsimlash inshootlari uchun vertikal o‘qli mikroGES” texnologiyasi nafaqat innovatsion, balki iqtisodiy va ekologik jihatdan ham samarali yechimdir. Ushbu loyiha mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish jarayonini yanada rivojlantirish, yoshlar innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish va energiya mustaqilligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.