French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh olimalar jamiyat taraqqiyotida faol
18:12 / 2026-02-13

Andijon davlat pedagogika institutida “Kelajak olimalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Institut professor-o‘qituvchilari, yosh olimalar, iqtidorli talaba qizlar ishtirok etgan tadbir ochilishida so‘z olgan institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gulandon G‘aniyeva mamlakatimizda bugungi kunda talaba-qizlar ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari, ijodiy ishlari hamda tadqiqotlari bilan o‘z salohiyatlarini namoyon etayotganligi, ilm-fan va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. 

[gallery-27644]

Davra suhbatida yosh olimalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalar, kasbiy faoliyatdagi yutuqlari xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, zamonaviy bilimlarni chuqur egallash, tizimli ilmiy tadqiqotlar olib borish va sohalar kesimida innovatsion yangiliklar yaratish dolzarb vazifalardan ekanligi qayd etildi. Ayniqsa, fan va texnologiya, ta’lim, iqtisod hamda ijtimoiy sohalarda qiz va ayollarning faol ishtirokini kengaytirish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. 

Tajribali olimalar tomonidan yoshlarga aniq maqsad sari intilish, ilmiy izlanishlarning ahamiyati, samarali natijalarga erishish, bu yo‘ldagi mehnat va mas’uliyat bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalar berildi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.