Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh oilalar uy-joy qurish uchun garovsiz kredit olishi mumkin
15:51 / 2022-08-02

Bugungi kunda ko‘pchilik yoshlar tomonidan kredit olish bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushmoqda.

Jizzaxlik Ahror Ibrohimov ana shunday yoshlardan biri.

– Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashayman. Yoshim 25da. Oilam bilan yangi hovliga ko‘chib chiqdik. Kuz-qish mavsumigacha uy-joyimni ta’mirlashim kerak. Vaqtincha ishsizman. Kunlik ishlarda ishlab, oila tebrataman. «Yoshlar daftari»ga kiritilganmiz. Hozir sharoitim yetishmaganligi bois uy-joyimni ta’mirlashga mablag‘im yo‘q. Banklar biz kabi doimiy ish o‘rni bo‘lmagan yoshlarga uy-joyimizni ta’mirlash uchun kredit beradimi?

– Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrda «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi 637-son nizom tasdiqlangan.

Nizomda yoshlarning alohida toifalari yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit olishlari mumkinligi belgilangan.

Kredit miqdori – 33 mln. so‘mgacha, foiz stavkasi – 17(18) foiz boshlang‘ich badali – 15 foizi, muddati – 20 yilni tashkil etadi. Kafillik «Saxovat va ko‘mak», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» jamg‘armalari tomonidan ta’minlanadi.

Moliya vazirligidan olingan mablag‘, ular hisobidan ajratiladigan kreditlar qarz oluvchilar tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish muddatidan qat’i nazar, banklar tomonidan Bosh bitim, shartnoma va unga ilova qilingan qaytarish grafiklariga asosan qaytariladi.

Yana bir ma’lumot, bu kreditlar 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan fuqarolar, yosh oilalarga beriladi. Shuni ham aytish kerak, talabgorlar birga ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari olmagan bo‘lishi lozim.

Kreditlar imtiyozli foizlarda emas, bozor stavkasida ajratiladi. Qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga muvofiq kredit shartnomasida belgilanadi.

Bunda tegishlicha «Saxovat va ko‘mak», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» jamg‘armalari kafilligi taqdim etiladi. Kafillik berilganligi uchun to‘lov (mukofot puli) undirilmaydi.

Markaziy bank tomonidan yo‘lga qo‘yilgan va barcha banklarning mahsulotlarini o‘zida jam qilgan bankxizmatlari.uz axborot portalida quyidagi banklarda – Xalq banki, "Mikrokreditbanki", "O‘zsanoatqurilishbank", Aloqabankda kredit mahsuloti borligini ko‘rish mumkin.

Kredit qarz oluvchining bank plastik kartasiga yoki pudrat tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. Kreditni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarmaslik xavfi yuzaga kelsa, bank kredit shartnomasi hamda qonunchilik hujjatlari talablari asosida to‘lov (qaytarish) muddati kelgan kredit va foiz to‘lovlarini undirish choralarini ko‘radi.

Kredit bo‘yicha muddati o‘tgan asosiy va foiz qarzdorlikni qarz oluvchidan uch oy ichida undirish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ushbu qarzdorliklar tegishlicha mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan kafilliklar hisobidan bir oy ichida qoplab beriladi.

Qarz oluvchi qurilgan yakka tartibdagi qo‘shimcha uy-joyning to‘liq qiymatini yo‘qolish va shikastlanish xavflaridan sug‘urta qilishda sug‘urta tashkilotini mustaqil tanlash huquqiga ega.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA