Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh oilalar uchun uylar
17:15 / 2015-09-10

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 16 yosh oilaga mo‘ljallangan “Kamolot” uyi foydalanishga topshirildi.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 16 yosh oilaga mo‘ljallangan “Kamolot” uyi foydalanishga topshirildi. 

Davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, nuroniylar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilayotgan ulkan e’tibor navqiron avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 

Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Yangi uylar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Kamolot” tashkiloti tavsiyasiga binoan yosh oilalarga boshlang‘ich badalsiz, yigirma yil muddatga, besh yillik imtiyozli ipoteka krediti asosida berildi. Ikki va uch xonali “Kamolot” uyida yosh oilalar farovon turmush kechirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Uy hovlisida zamonaviy jihozlangan bolalar sporti maydonchasi barpo etildi. 

Barcha qulayliklarga ega ikki xonali xonadonlardan biriga Sardoba ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Davron Azimovning oilasi ko‘chib kirdi. 

– Prezidentimiz tomonidan biz, yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik tufayli shunday zamonaviy uyga ega bo‘lganimizdan rafiqam va ikki farzandim benihoya xursand, – deydi D.Azimov. – Bugun ushbu uyga ko‘chib kirgan qo‘shnilarimning ko‘nglida ham shunday minnatdorlik tuyg‘ulari jo‘sh urmoqda desam, sira yanglishmayman. 

Mirzaobod tumani hamda Guliston va Baxt shaharlarida qurilayotgan “Kamolot” uylari ham yaqin kunlarda o‘z egalariga topshiriladi.