Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh muzeyshunoslar anjumani
16:40 / 2021-05-26

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida «Moddiy-ma’naviy meros va umumbashariy qadriyatlar» mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda muzeyshunoslik, tarix, arxeologiya, etnografiya, san’atshunoslik va pedagogika kabi turli yo‘nalishlarda izlanishlar olib borayotgan yosh olimlar, ilmiy xodimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Ular tomonidan «O‘zbekistonning moddiy madaniy merosini saqlashda muzeylarning o‘rni», «Tarix, arxeologiya va etnologiya masalalari zamonaviy talqinda», «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda umumbashariy qadriyatlarning ahamiyati» hamda «O‘zbekistonda zamonaviy muzeyshunoslikning rivoji va taraqqiyotida innovatsion texnologiyalarning ahamiyati» kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, tadbirda nomoddiy madaniy meros bo‘lgan og‘zaki an’analar va ifoda shakllari, til, ijro san’ati, xalqaro va milliy urf-odatlar, marosimlar, bayramlar bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini yoritish, yoshlarni muzey kolleksiyalarida saqlanayotgan madaniy boyliklarni asrash, tiklash va targ‘ib etish hamda ilmiy muomalaga kiritishda faol ishtirok etishga jalb qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA