Jumagul Xamdamovna XOLMIRZAYEVA Falsafa fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Farg‘ona davlat universiteti Farg‘ona, O‘zbekiston nodirjon89.86@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada yosh mutaxassislarda mehnat va kasb madaniyati masalalari, ularning ahamiyati va yetishmasligining oqibatlari tahlil qilingan. Mehnat madaniyatining tarkibiy qismlari, jumladan intizom, mas’uliyat, sifatga intilish, jamoaviy hamkorlik va kasbiy etika asosida shaxsning ishga munosabati va jamoa bilan hamkorligi yoritilgan. Kasb madaniyati va mehnat madaniyati o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklar jadvallar orqali ko‘rsatilgan. Yosh mutaxassislardagi asosiy muammolar – kasbiy mas’uliyatsizlik, intizomsizlik, muloqot madaniyati pastligi va malaka yetishmasligi tahlil qilingan.
Tayanch so‘zlar: mehnat madaniyati, kasb madaniyati, yosh mutaxassis, intizom, mas’uliyat, malaka, jamoaviy hamkorlik, etika, samaradorlik, tarbiya, motivatsiya, an’ana.