Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh mutaxassislar ish boshlaydi
15:52 / 2015-07-06

Namangan tumani Tepaqo‘rg‘on pedagogika va servis kasb-hunar kollejini bu yil 313 nafar yigit-qiz tamomladi.

Namangan tumani Tepaqo‘rg‘on pedagogika va servis kasb-hunar kollejini bu yil 313 nafar yigit-qiz tamomladi.

Kollej o‘qituvchi va o‘quvchilari, ota-onalar ishtirok etgan tadbirda bitiruvchilarga mutaxassislik diplomlari topshirildi.

– Ta’lim maskanimizda besh yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi, – deydi kollej direktori Tugmaxon Siddiqova. – O‘quv jarayoni amaliyot bilan uzviy tashkil etilgan. Nazariy bilimini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlagan bitiruvchilarning barchasi tegishli tashkilotlarda ish faoliyatini boshlaydi.